O‘zbekiston Respublikasi Sh.M.Mirziyoyevning “… bugungi adabiyotimiz, adiblarimiz ham odamlarni mustaqillikni mustahkamlashga, bunyodkorlik va sahovatga, yoshlarni vatanparvarlikka da'vvat qilishi kerak. Ziyoli inson, ijodkor hamisha halq kamolini o’ylaydi” deya ta’kidlagan. Aynan shu sababdan, talaba yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yanada oshirish, ijodkorlar tomonidan yaratilgan she’r va asarlarga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish maqsadida joriy yilning 25 oktabr kuni "Adiblar xiyoboni" xiyobonida o‘quv amaliy mashg‘uloti o’tkazildi.
Mashg‘ulot davomida talabalar mamlakatimiz adabiyotiga oid muhim ma’lumotlar bilan tanishdilar, shuningdek, mashhur shoirlarimiz she’rlari yangrab turgan ijodiy muhitda o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu tadbir talabalarning adabiy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilib, ularni madaniy merosimiz va ijodiy an’analarimizga yanada yaqinlashtirishga qaratilgan bo‘ldi.