InnoWeek-2024 da ishtirok etish talabalar va o‘qituvchilarga innovatsion rivojlanish sohasida qimmatli tajriba orttirish, dunyoqarashini kengaytirish va kasbiy aloqalarni mustahkamlash imkonini berdi. Tadbir barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar muhimligining yaqqol namoyishi bo‘lib, ta’lim va ilmiy faoliyat uchun yangi ufqlarni ochdi.
Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi — “Innoweek.uz” respublikada innovatsion rivojlanishni jadallashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida innovatsiyalar va texnologiyalarni keng tatbiq qilish, inson kapitalini, ilm-fan va innovatsiya sohalarini rivojlantirish maqsadida 2018-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. O‘tgan davr mobaynida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida rivojlanib, Markaziy Osiyoda ilg‘or innovatsiyalarni namoyish qilish va global hamkorlikni rivojlantirish uchun eng yirik maydonga aylandi. Tadbir har yili yetakchi mahalliy va xalqaro kompaniyalar, investorlar, diplomatlar, tadbirkorlar, olimlar, startaplar, texnologiya ekspertlari va davlat idoralari vakillarini bir davrada birlashtiradi. Shuningdek, innovatsion sektor yetakchilari, hamkorlik va investitsiyalarga oid soha egalari bilan muloqot qilish uchun ideal platforma.