«SAFAR QILGIL, AMMO VATAN ICHRA BO`L!

«SAFAR QILGIL, AMMO VATAN ICHRA BO`L!”.TDIUda "Vatan bo'ylab sayohat" shiori ostida professor-o'qituvchilar va talabalarga madaniy ekskursiyalari tashkil etildi.   TDIU hamda UrDIU xalqaro qo'shma ta'lim dasturi fakulteti "Korporativ iqtisodiyot va boshqaruv" kafedrasi professor-o'qituvchilari "Vatan bo'ylab sayohat" shiori ostida Samarqand shahriga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida shaharning e'tiborga sazovor joylari, Go'ri Amir maqbarasi va Bibixonim madrasasini ziyorat qildilar. Samarqand shahridagi qadimiy, tarixiy obidalar, me'moriy yodgorliklar, madrasalarning moviy gumbazlari, minoralar o'zining sharqona ko'rinishi bilan barchani o'ziga jalb etdi. Tashrif buyurgan har bir sayyoh sayohatdan bir olam taassurotlar, O'zbekiston marvaridlari bo'lgan diqqatga sazovor maskanlari fotosuratlari bilan ortga qaytishdi.