Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Kafedra haftaliklari” rejasiga muvofiq “Korporativ iqtisodiyot va boshqaruv” kafedrasining professor-o ‘ qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlaning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ulami turli jinoiy harakatlardan asrash hamda turli huquqbuzarliklar, jinoiy harakatlarning oldini olish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlari, din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlikda soha mutaxassislari ishtirokida vebinar ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik tadbirlarini tashkil etish mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Kafedra haftaliklari” rejasiga muvofiq, 2024 yil 5-noyabr kuni “Korporativ iqtisodiyot va boshqaruv” kafedrasi tomonidan talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularni jinoiy harakatlardan asrash hamda turli huquqbuzarliklar va jinoiy harakatlarning oldini olish maqsadida vebinar tashkil etildi. Tadbirda huquqni muhofaza qilish organlari va din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlikda soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Ushbu seminarning asosiy maqsadi, huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni keng jamoatchilikka, xususan, talaba-yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, ularning huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olishdagi ishtirokini kuchaytirishdir. Seminar davomida yoshlarni huquqiy, axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyalash, ularni turli jinoyatlardan asrash, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi asosiy chora-tadbirlar muhokama etildi. Birinchi navbatda, kafedra mudiri X.Xakimova o‘zining kirish so‘zida tadbirning maqsad va vazifalarini belgilab, ushbu amaliy mashg‘ulotlarning o‘quvchilar, professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar uchun muhimligini ta’kidladi. Tadbirni o‘tkazish orqali huquqiy madaniyatni oshirish, jinoiy harakatlarning oldini olish va yoshlarni huquqiy jihatdan himoya qilishni maqsad qilib qo‘yildi.

Tadbirda Profilaktika inspector kapitan Mirkomilov Mirlaziz va Profilaktika inspector leytenant Raimiva Diyora tomonidan huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatlarni profilaktika qilish va huquqni himoya qilish borasida amalga oshirilgan tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Ular tomonidan huquqni muhofaza qilish organlarining asosiy vazifalari va o‘quvchilarni turli huquqbuzarliklardan himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida o‘z tajribalari va ko‘nikmalarini o‘rtoqlashdilar. Profilaktika inspectori kapitan MirkomilovMirlaziz, o'z nutqida, yoshlar tarbiyasi sohasidagi olib borilayotgan davlat siyosatining ahamiyati zarur ko’lamdagi nazariy va amaliy bilimlarni olishga bo’lgan imkoniyatlar yaratish, yoshlarga mustaqil fikrlashi uchun kafolatlar berilish va umuman olganda, sog'lom va barkamol avlodni shakllantirishga qaratilganligini ta'kidlab o’tdi. Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, ularning ijodiy, ilmiy va boshqa iste'dodlarini rivojlantirish uchun huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan ko'plab muhim hujjatlarning qabul qilinishi yuqoridagi maqsadlarni ta'minlashga xizmat qiladi. Yoshlar davlat dasturida o’sib kelayotgan avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida amalga oshirish bilan bog'liq muhim vazifalar belgilab oldi. Bayon etilgan kun tartibiga muvofiq, yig‘ilishda kafedra a’zolari tomonidan qator masalalar ko‘rib chiqildi, har bir mavzu yuzasidan mas’ul o‘qituvchilar tomonidan kerakli ma’lumotlar berildi va amaliy topshiriqlar muhokama qilindi. Mazkur seminar talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, ularga internet maydonidagi tahdidlarga qarshi kurashish borasida samarali ko‘nikmalar beradi. Mutaxassis Raimiva Diyora ta'kidlaganidek, Asosiy qonunda, hamda O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan huquq va erkinliklarning ro'yobga chiqarilishi, yoshlar tomonidan jamiyatda munosib o'ringa ega bo’lish va ularning huquqiy madaniyatini oshirish bilan uzviy bog'liq bo'lgan jarayondir. Shu bois, Adliya vazirligi tegishli vazirliklar, tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda hamkorlik rejalari asosida ko'plab namunali ishlar amalga oshirayotgani diqqatga sazovordir.

     Uchrashuvda yoshlar tomonidan amaldagi qonunchilik to'g'risidagi bilimlari va ushbu bilimlarni hayotda qo’llashi fuqarolik jamiyati tamoyillariga asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo etish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishning muhim vositasi ekanligiga urg’u berildi. Tadbir davomida "Huquqbuzarliklarning oldini olish va huquqiy madaniyatni oshirish" mavzusida seminar tashkil etildi. Ushbu seminar ishtirokchilariga huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqni himoya qilishning asosiy tamoyillari haqida tushunchalar berildi. Seminar davomida o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni oshirishning ahamiyati, huquqbuzarliklarning oldini olishda ijtimoiy tizimlar va profilaktik tadbirlarning o‘rni haqida muhokama qilindi. Seminar ishtirokchilari o‘rtasida savol-javob sessiyasi o‘tkazildi. O‘quvchilar, professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy masalalar, jinoiy harakatlarga qarshi kurashish va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha o‘z savollarini berishdi. Bu sessiya orqali ishtirokchilar huquqiy masalalar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Tadbirni kafedra mudiri X.Xakimova yakunlab, barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi. Tadbir yakunida, ishtirokchilarga huquqbuzarliklarning oldini olish va huquqiy madaniyatni oshirishga qo‘shgan hissalari uchun sertifikatlar taqdim etildi. Tadbir, o‘quvchilar, professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirishga, ularni huquqbuzarliklardan himoya qilishga, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda kelajakda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan profilaktik tadbirlarni tashkil etish uchun muhim qadam bo‘ldi.